Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 21-noyabr · Grantim (grantim-official.uz) va Telegram bot @grantimbot
1. Sayt
- Saytdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Siz kiritgan ballar, anketa va saqlangan universitetlar faqat brauzeringizda saqlanadi, serverga yuborilmaydi.
- Statistika uchun faqat umumiy sonlar yig‘iladi (sahifa ko‘rishlar, qidiruvlar). Ism, telefon, IP manzil saqlanmaydi.
2. Telegram bot (@grantimbot)
Bot ishlashi uchun quyidagilar saqlanadi:
- Telegram ID, ism, username va telefon raqam — siz «Raqamni ulashish» tugmasini bosganingizda;
- Anketa — test bali, sertifikatlar (IELTS, SAT, A-level, IB, milliy sertifikatlar), maktab turi, imtiyozlar, tanlagan sohalar, byudjet;
- eslatmalarni yoqqan bo‘lsangiz — shu belgi.
Nima uchun: sizga mos universitetlarni ko‘rsatish, qabul muddatlari haqida eslatish va Grantim jamoasi siz bilan bog‘lanishi (masalan, yangi imkoniyatlar haqida xabar) uchun.
Kim ko‘radi: faqat Grantim jamoasining adminlari. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.
3. Qancha saqlanadi va qanday o‘chiriladi
- Botdagi ma’lumotlaringiz oxirgi faolligingizdan 30 kun o‘tgach avtomatik o‘chiriladi.
- Istalgan payt o‘zingiz o‘chirishingiz mumkin: botga
/deletemeyozing — raqam, anketa va eslatmalar darhol o‘chadi. - Xavfsizlik uchun xizmat ma’lumotlarining zaxira nusxasi har kuni olinadi va faqat adminlarda saqlanadi.
4. Xavfsizlik
- Sayt faqat shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali ishlaydi.
- Admin panelga kirish parol va Telegram orqali yuboriladigan bir martalik kod bilan himoyalangan.
5. Aloqa
Savol yoki ma’lumotingizni o‘chirish bo‘yicha murojaat: Telegram @QodirovMuhammadullo, @Yashnarbek_dev yoki kanal @grantim_official.